date

«Qayrat» himoyachisi Mbappe bilan futbolka almashganini aytdi

«Qayrat» himoyachisi Mbappe bilan futbolka almashganini aytdi

Qozog‘istonning «Qayrat» klubida to‘p surayotgan himoyachi Aleksandr Martynovich UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi uchrashuvidan so‘ng madridlik «Real» hujumchisi Kilian Mbappe bilan futbolka almashgani haqida xotiralarini bo‘lishdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Martynovichning aytishicha, u o‘yin tugaganidan keyin stadionning ichki yo‘lagida Mbappedan futbolkasini so‘ragan. «U “Ha, muammo yo‘q”, dedi va o‘z maykasini berdi. Keyin men undan: “Senga menikisi kerakmi?” deb so‘radim. U esa: “Ha, albatta”, deb javob berdi», — dedi futbolchi «Match TV» efirida.

Eslatib o‘tamiz, «Qayrat» — «Real» uchrashuvi o‘tgan yil sentabrida bo‘lib o‘tgan. Madrid klubi o‘sha bahsda qozog‘istonlik raqibini 5:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Qayrat» himoyachisi Mbappe bilan futbolka almashganini aytdi