date

Arbeloa Benfika bilan o'yin oldidan qiyinchilikni tan oldi

Arbeloa Benfika bilan o'yin oldidan qiyinchilikni tan oldi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi bo'ladigan bahs arafasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis Lissabonda jamoasidan maksimal darajadagi o'yin kutayotganini ta'kidladi: «Biz u yerda yuqori saviyada futbol ko'rsatishimiz kerak. Oson bo'lmasligini yaxshi bilamiz. Seshanba kuni g'alaba uchun bor kuchimizni berishimiz shart», — deya Arbeloaning so'zlarini The Touchline keltiradi.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida «Real» safarda «Benfika»ga 2:4 hisobida yutqazgandi va bu natija portugaliyaliklarning pley-offga chiqishiga yordam bergan.

Chempionlar ligasi pley-off saralash bosqichidagi «Benfika» — «Real» juftligining ilk uchrashuvi 17 fevral kuni bo'lib o'tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Benfika bilan o'yin oldidan qiyinchilikni tan oldi