date

Arbeloa Benfika bilan o'yin og'ir kechishini ta'kidladi

Arbeloa Benfika bilan o'yin og'ir kechishini ta'kidladi

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasida "Benfika"ga qarshi bo'ladigan uchrashuv oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, lissabondagi bahsda "Real" yuqori darajadagi o'yin namoyish etishi shart. Arbeloa "Benfika"ga qarshi safarda oson bo'lmasligini tan oldi va seshanba kuni g'alaba uchun bor kuchni ishga solish zarurligini qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida "Real" safarda "Benfika"ga 2:4 hisobida yutqazgan, natijada portugaliyaliklar pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.

Chempionlar ligasi pley-off bosqichi saralash raundidagi "Benfika" — "Real" juftligining ilk uchrashuvi 17-fevral kuni bo'lib o'tadi. O'yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Benfika bilan o'yin og'ir kechishini ta'kidladi