RB Leyptsig Volfsburgga qarshi mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Uy maydonida o‘yin ustunligi RB Leyptsig tomonida bo‘lsa-da, Volfsburg darvozaga yo‘llagan ilk aniq zarbalaridan ikki gol chiqardi. Natijada “buqalar” hisobni qutqarish uchun quvib o‘ynashiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv avvalida Konrad Xarder xavfli vaziyat yaratib, juda oz farq bilan nishonga aniq ura olmadi. Oradan ko‘p o‘tmay Kristian Eriksen uzoq masofadan zarba berib, to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. Keyingi hujumlarda Yan Diomandning zarbasini darvozabon qaytardi, Xarder esa yiqilib turib qaychi uslubida tepganida ham posbon hushyorlik ko‘rsatdi.
Ikkinchi bo‘limda ham Diomand yana bir bor darvozabonning reaksiyasini sinadi. 52-daqiqada Adam Dagimning uzatmasidan so‘ng Mohamed Amura hisobni ochdi — 0:1. 70-daqiqada Brayan Grudaning pasini Diomand golga aylantirib, muvozanatni tikladi — 1:1. Biroq tez orada Mattias Svanberg “bo‘rilar”ni yana oldinga olib chiqdi — 1:2.
Uchrashuv yakunida RB Leyptsig bosimni kuchaytirdi va 88-daqiqada Gruda aniq zarbasi bilan mag‘lubiyatning oldini oldi — 2:2. Qo‘shimcha daqiqalarda Kristof Baumgartner qulay vaziyatdan foydalana olmadi, Romulo Kruzning zarbasi ham nishonga bormadi.
Durangdan keyin RB Leyptsig turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda, Volfsburg esa 15-pog‘onada.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!