date

Xitoyda 1100 km masofa bosib o'tuvchi Wuling Xingguang 730 modeli rasman taqdim etildi

Xitoyda 1100 km masofa bosib o'tuvchi Wuling Xingguang 730 modeli rasman taqdim etildi

Xitoyda «Wuling Xingguang 730 Premium Edition» oilaviy minivenining rasmiy premyerasi bo'lib o'tdi. Yangi model xaridorlarga uch xil quvvat qurilmasi: benzinli dvigatel, gibrid tizim va to'liq elektr uzatmali variantlarda taklif etilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Gibrid versiya «Lingxi Power 3.0» tizimi bilan jihozlangan bo'lib, u 1,5 litrli dvigatel va elektromotorni o'z ichiga oladi. Avtomobil 20,5 kVt/soat quvvatga ega akkumulyator bilan ta'minlangan.


Faqat elektr energiyasida 125 km, umumiy hisobda esa 1100 km masofani bosib o'tish imkoniyati mavjud. Aralash siklda yoqilg'i sarfi 100 km uchun 1,83 litrni tashkil etadi va uning narxi 112 ming yuandan boshlanadi.

To'liq elektr quvvati bilan harakatlanuvchi model 136 ot kuchiga ega dvigatel va 60 kVt/soatli batareya bilan jihozlangan. Ishlab chiqaruvchi ma'lumotlariga ko'ra, bir marta quvvatlanish bilan 500 km yo'l yurish mumkin.


Tezkor quvvatlash tizimi orqali batareyani 20 daqiqada 30 foizdan 80 foizgacha to'ldirish imkoniyati bor. Ushbu versiya narxi 118 ming yuanga teng.

Oddiy benzinli model 1,5 litrli turbo dvigatel va variator bilan ta'minlangan bo'lib, 92 ming yuanga baholanmoqda. Avtomobilning uzunligi 4910 mm, g'ildiraklar bazasi esa 2910 mm ni tashkil etadi.

Salon 7 kishiga mo'ljallangan bo'lib, o'rindiqlar 2+2+3 ko'rinishida joylashtirilgan.

Miniven zamonaviy texnologiyalar, jumladan, 12,8 dyuymli media tizim, iqlim nazorati, yomg'ir va yorug'lik datchiklari hamda adaptiv kruiz-kontrol bilan jihozlangan. Shuningdek, o'ng tomondagi suriluvchi eshik va yukxona qopqog'i elektr yuritma yordamida boshqariladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xitoyda 1100 km masofa bosib o'tuvchi Wuling Xingguang 730 modeli rasman taqdim etildi