"Napoli" Lukakuni mavsum oxirigacha tarkibdan chetlatishga qaror qildi

"Napoli" Lukakuni mavsum oxirigacha tarkibdan chetlatishga qaror qildi
Qisqacha

"Napoli" hujumchisi Romelu Lukaku jismoniy holati va jarohatlari tufayli mavsum oxirigacha tarkibdan chetlatilishi mumkin. U Belgiya terma jamoasidan qaytganidan so'ng, jarohatini davolash uchun o'z vatanida qolishni afzal ko'rdi. Klub rahbariyati bu holatga nisbatan keskin norozilik bildirdi va intizomiy choralar ko'rilishi mumkinligini ma'lum qildi. Lukaku mavsum davomida faqat bitta gol urgan va yozda jamoani tark etishi kutilmoqda.

"Napoli" hujumchisi Romelu Lukaku jismoniy holati va jarohatlari bilan bog'liq mojaro tufayli mavsumning qolgan qismida tarkibdan chetlatilishi mumkin. Belgiya terma jamoasi safidan qaytgan hujumchi klub bazasiga kelish o'rniga, jarohatini davolatish uchun o'z vatanida qolishni afzal ko'rgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Bu qaror klub rahbariyatining keskin noroziligiga sabab bo'ldi.

"Napoli" Lukakuni mavsum oxirigacha tarkibdan chetlatishga qaror qildi

La Repubblica nashrining xabar berishicha, 32 yoshli futbolchi va klub o'rtasidagi munosabatlar inqirozli nuqtaga yetgan. Lukaku 20 aprel kuni Italiyaga qaytishi kutilmoqda, biroq u jamoa bilan mashg'ulotlarda qatnashmasligi mumkin.

Klub rahbariyati futbolchining ruxsatsiz yo'qligiga nisbatan murosasiz munosabatda bo'lishini va intizomiy choralar ko'rilishini ma'lum qildi.

"Napoli" Lukakuni mavsum oxirigacha tarkibdan chetlatishga qaror qildi

Sport direktori Jovanni Manna "Milan"ga qarshi o'yindan oldin futbolchining harakatlarini tanqid qildi. Uning so'zlariga ko'ra, Lukaku klub talabiga zid ravishda Belgiyada qolgan.

Manna guruhning yaxlitligi va o'zaro hurmat har qanday shaxsdan ustun ekanligini, Lukakuning harakatlari esa tartib-qoidalarni buzish deb baholanishini ta'kidladi.

Murabbiy Antonio Konte 2024 yil avgust oyida "Chelsi"dan 30 mln yevroga sotib olingan hujumchining holatidan norozi. Mavsum davomida bor-yo'g'i bitta gol urgan va doimiy jarohatlar tufayli o'yinlarni o'tkazib yuborgan Lukaku yozda jamoani tark etishi kutilmoqda.

Hozirda 66 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda borayotgan "Napoli" asosiy e'tiborini Yevropa Chempionlar ligasi yo'llanmasini saqlab qolishga qaratgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar