date

Liga 1ning 22-turida Loryan va Oser g'alaba qozondi

Liga 1ning 22-turida Loryan va Oser g'alaba qozondi

Fransiya Liga 1ning 22-turidan yana ikki uchrashuv yakunlandi. Bu oqshom Loryan ham, Oser ham o'z bahslarida uch ochko qo'lga kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Loryan o'z maydonida Anjeni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Mezbonlar har ikki bo'lim boshida bittadan gol urdi: 9-daqiqada Pablo Pajis hisobni ochgan bo'lsa, 58-daqiqada Jan-Viktor Makengo yakuniy natijani belgiladi.

Oser esa Mets mehmoni bo'lib, o'yin davomida ustunlikni bosqichma-bosqich oshirib bordi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi. 4-daqiqadagi avtogoldan so'ng, uchrashuv oxirlarida Lassin Sinayoko (76) va Kevin Danua (89) farqni yiriklashtirdi. Mets safida esa 90-daqiqada Natan Mbala tasalli golini urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Liga 1ning 22-turida Loryan va Oser g'alaba qozondi