date

Arbeloa Benfika bilan o'yin og'ir kechishini ta'kidladi

Arbeloa Benfika bilan o'yin og'ir kechishini ta'kidladi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi bo'ladigan bahs arafasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis Lissabondagi uchrashuvda jamoa yuqori saviyada o'ynashi shartligini qayd etdi. Arbeloa fikricha, raqib maydonidagi o'yin oson bo'lmaydi va g'alaba uchun futbolchilar seshanba kuni bor kuchini ishga solishi kerak.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakuniy turida «Real» safarda «Benfika»ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy bergan, bu natija portugaliyaliklarning pley-offga chiqishiga yordam bergandi.

Chempionlar ligasi stykovoy raundi doirasidagi «Benfika» — «Real» ilk uchrashuvi 17-fevral kuni bo'lib o'tadi. O'yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Benfika bilan o'yin og'ir kechishini ta'kidladi