date

Vinisius Junior jarima maydonidagi teginishlar bo‘yicha yetakchi

Vinisius Junior jarima maydonidagi teginishlar bo‘yicha yetakchi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior Yevropaning top-5 chempionatlarida raqib jarima maydonida to‘pga eng ko‘p tegingan futbolchi sifatida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Statistika Statmuse portali e’lon qilgan ma’lumotlarda qayd etildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Braziliyalik futbolchi hisobida 216 ta teginish bor. Ikkinchi pog‘onada uning jamoadoshi Kilian Mbappe — 194 ta, uchinchi o‘rinda esa “Barselona” vakili Lamin Yamal — 187 ta ko‘rsatkich bilan qayd etildi.

Top-10 ro‘yxatidan shuningdek Luis Dias (“Liverpul”, 176), Erling Holann (“Manchester Siti”, 151), Maykl Olise (“Bavariya”, 149), Lautaro Martines (“Inter”, 141), Kenan Yildiz (“Yuventus”, 135), Moxamed Saloh (“Liverpul”, 134) va Yankuba Minte (“Brayton”, 133) ham joy oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vinisius Junior jarima maydonidagi teginishlar bo‘yicha yetakchi