date

Jezush Ronalduga dam berildi va u navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Jezush Ronalduga dam berildi va u navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohlab berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod jamoasi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin orada yana o‘yinlarga qaytishi kutilayotgani aytilayotgan bo‘lsa-da, bu safar ham u qaydnomadan joy olmaydi.

«Taqvim juda tig‘iz. Shuning uchun Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berish haqida qaror qildik — oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin bor», — deya Jezushning so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Murabbiy Ronalduga dam berish «yangilik» emasligini ham ta’kidladi: uning aytishicha, saudiyaliklar chempionati doirasidagi uchrashuvlar Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkazilganda Ronaldu avval ham bir necha bor maydonga tushmagan.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga dam berildi va u navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi