Napoli Roma bilan bahsda ikki bor qutulib, durang qayd etdi

A Seriyasining 25-turi markaziy uchrashuvida “Napoli” o‘z maydonida “Roma”ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning 7-daqiqasida mehmonlar tezkor hujum uyushtirdi: Bryan Saragosa o‘ng qanotdan jarima maydoniga uzatma berdi, Doniell Malen esa darvozaning o‘ng burchagini aniq nishonga olib, hisobni ochdi — 0:1. Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin “Napoli” javob qaytardi: uzoq davom etgan pozitsion hujumda Leonardo Spinatstsola jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba berdi, to‘p Nikollo Pizilli oyog‘iga tegib yo‘nalishni o‘zgartirdi va ustun ostidan to‘rga kirdi — 1:1.
Ikkinchi bo‘limda Spinatstsola chap qanotda vaziyat yaratib, uzoq burchakka yo‘llagan zarbasini darvozabon sakrab qaytardi. O‘yin o‘rtalarida Uesli jarima maydonida yiqitildi va hakam penalti belgiladi. Malen 11 metrlikdan o‘ng ustun yoniga aniq zarba berib, “Roma”ni yana oldinga olib chiqdi — 1:2. 82-daqiqada esa “Napoli” yana qutuldi: Jiovane jarima maydoni yoyida Alisson Santosni topdi, u himoyachi oyoqlari orasidan to‘pni chap burchakka yo‘llab, hisobni tenglashtirdi — 2:2.
Durangdan so‘ng “Napoli” turnir jadvalida 3-o‘rinda qoldi va aynan “Roma” bilan bo‘lgan uch ochkolik farqni saqlab qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!