Arbeloa Benfika bilan uchrashuv ogir bo‘lishini aytdi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, jamoa Lissabonda yuqori darajadagi o‘yin namoyish etishi shart. «Qiyin bo‘lishini bilamiz. Seshanba kuni g‘alaba uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak», — dedi Arbeloa.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so‘nggi turida «Real» safarda «Benfika»ga 2:4 hisobida yutqazgandi. O‘sha natija portugaliyaliklarning pley-offga chiqishiga yordam bergan edi.
Chempionlar ligasi stykovoy raundining ilk bahsi «Benfika» va «Real» o‘rtasida 17 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!