Messi Lego’dan jahon chempionligi kubogini yig‘ib chiqdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi ijtimoiy tarmoqlarda yangi post joylab, unda Lego konstruktori yordamida jahon chempionligi kubogini yig‘ib chiqqani aks etgan kadrlarni ko‘rsatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Messi suratga izoh sifatida: «Buni yakunladik, Lego», deb yozib, ishidan mamnun ekanini yashirmadi.
Ma’lum bo‘lishicha, yig‘ilgan model balandligi bo‘yicha asl trofeyga mos keladi. Konstruktor jami 2842 ta detalldan iborat bo‘lib, bunday kubokni yig‘ish anchagina vaqt talab qilishi tabiiy.
Eslatib o‘tamiz, Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. So‘nggi mundial finalida «albiseleste» Fransiyaga qarshi bahs olib borgan va 3:3 hisobidagi durangdan keyin penaltilar seriyasida g‘alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing