date

Konte Lukaku bilan bog'liq vaziyatdan g'azabga keldi

Konte Lukaku bilan bog'liq vaziyatdan g'azabga keldi

«Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte jamoa hujumchisi Romelu Lukakuning harakatlaridan noroziligini ochiqchasiga bildirdi. Murabbiyning so'zlariga ko'ra, belgiyalik futbolchi klub qarorgohiga kelgan bo'lsa-da, murabbiy bilan ko'rishishni lozim topmagan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Lukaku uzoq muddatli jarohatidan so'ng Belgiyada reabilitatsiya kursini o'tab qaytgan edi. U Italiyaga kelib klub rahbariyati bilan uchrashgan, biroq Konte bilan yuzma-yuz gaplashish uchun uning xonasiga kirmagan.


Bu holat murabbiy va futbolchi o'rtasidagi yaqin munosabatlarga putur yetkazishi mumkin.

«Direktorlarimizdan biri u bilan gaplashganini bilaman, u mashg'ulot bazasiga keldi, mening xonam esa o'sha yerda edi. Lekin hech kim eshikni taqillatmadi.


Men undan salom yoki xabar kutgan edim, bu meni juda xafa qildi», — dedi Konte matbuot anjumanida.

Konte har doim futbolchilarni tushunishga harakat qilishini, biroq o'yinchilar murabbiyni tushunish uchun harakat qilmayotganini ta'kidladi. Avgust oyidan beri jarohati sabab bor-yo'g'i yetti o'yinda maydonga tushgan Lukaku hozirda sport formasini tiklash ustida ishlamoqda.

Hujumchining «Napoli» bilan shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. U 2026 yilgi jahon chempionatida Belgiya terma jamoasi safida ishtirok etish uchun tezroq maydonga qaytishni va o'z darajasini isbotlashni maqsad qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Konte Lukaku bilan bog'liq vaziyatdan g'azabga keldi