Diyego Simeone "Chelsi" bosh murabbiyligiga asosiy nomzod bo'ldi

«Chelsi» klubining sobiq himoyachisi Uilyam Gallas jamoaning hozirgi inqirozli holatidan chiqish yo'lini aytdi. Uning fikricha, London klubi rahbariyati «Atletiko» ustozi Diyego Simeone nomzodini ko'rib chiqishi lozim. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Gallasning ta'kidlashicha, «Chelsi»ning yosh tarkibini g'oliblarga aylantirish uchun qattiqqo'l va tajribali yetakchi zarur. Liam Rozenyor iste'foga chiqarilgach, klubga darhol natija keltira oladigan mutaxassis kerakligi aytilmoqda.

«Agar sizga qisqa muddat ichida muvaffaqiyat kerak bo'lsa, Simeone kabi tajribali murabbiy lozim. U o'z xarakteri bilan «Chelsi»da tezda sovrinlar yuta oladi.
Jamoaga ko'proq jangchi va askarlar kerak», — deydi Gallas.
Sobiq futbolchi, shuningdek, uzoq muddatli loyiha uchun Sesk Fabregas nomzodi ham mos kelishini bildirdi. Biroq hozirgi vaziyatda «Chelsi» kabi nufuzli klub uchun asosiy ustuvorlik darhol sovrinlar yutish bo'lishi kerakligini qo'shimcha qildi.
Eslatib o'tamiz, Rozenyor boshqaruvidagi so'nggi o'yinlarda jamoa «Brayton»ga 0:3 va «PSJ»ga 2:8 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Hozirda londonliklar Angliya Premyer ligasida 8-o'rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!