Al Nasr murabbiyi Ronaldo yaqin o'yinda dam olishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik yulduzning tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, yaqin o'yinda u yana tarkibda bo'lmaydi.
«Zich taqvim sabab Ronaldo va asosiy tarkibdagi ayrim futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv bor», — dedi Jezush. Uning so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Mutaxassis, Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan bahslarda vaqti-vaqti bilan dam olishi yangilik emasligini ham ta'kidladi.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!