date

Ronaldu yozda Yevropa grandi safiga qaytishi mumkin

Ronaldu yozda Yevropa grandi safiga qaytishi mumkin

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o‘zgartirishi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, agent Jorje Mendes Yevropaning bir qator top-klublari bilan bog‘lanib, 41 yoshli Ronaldu bo‘yicha yozgi transfer oynasi uchun variantlarni taklif qilmoqda.

Avvalroq OAVda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan so‘ng kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to‘xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt ma’lumotlarida Krishtianu hanuz Mendes agentligining mijozlaridan biri sifatida ko‘rsatilgan.

Ronaldu va «Al-Nasr» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu yozda Yevropa grandi safiga qaytishi mumkin