Arbeloa Arda Gyulerni Real uchun noyob futbolchi dedi

Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa yarim himoyachi Arda Gyuler haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Seshanba kuni 20 yoshli turkiyalik futbolchi Chempionlar ligasida “Benfika” ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi. Gyuler uchrashuvda 86 daqiqa maydonda harakat qildi.
Arbeloa ta’kidlashicha, Ardaning fazilatlari jamoaga katta foyda keltirmoqda: u yarim himoya bilan hujum chizig‘ini bog‘lab turadi. Murabbiy Gyulerni o‘ziga xos, takrorlanmas o‘yinchi sifatida ta’riflab, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash ustida ishlash zarurligini aytdi. Shuningdek, bunday o‘yinlar Ardaning o‘sishiga xizmat qilishini qo‘shimcha qildi va futbolchidan faxrlanishini bildirdi.
Joriy mavsumda Gyuler “Real” safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 12 ta assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!