Arbeloa Arda Gʻulerni jamoa uchun noyob futbolchi deb atadi

Madridning “Real” jamoasi murabbiyi Alvaro Arbeloa yarim himoyachi Arda Gʻuler haqida fikr bildirib, uning maydondagi roli jamoaga katta foyda berayotganini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
20 yoshli turkiyalik futbolchi seshanba kuni Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi uchrashuvda (1:0) 86 daqiqa harakat qilib, “qaymoqranglilar”ning gʻalabasiga hissa qoʻshdi.
“Ardaning sifatlari bizga juda asqotadi: u yarim himoya bilan hujumni bogʻlab beradi. U o‘ziga xos, yagona turdagi futbolchi. Jamoa uchun nihoyatda muhim, endi uning o‘ziga ishonchini yanada mustahkamlash ustida ishlashimiz kerak. Shunday o‘yinlar unga o‘sish uchun yordam beradi. Men Gʻulerdan faxrlanaman”, — deya Arbeloaning so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.
Joriy mavsumda Gʻuler “Real” safida 37 o‘yinda maydonga tushib, 3 gol va 12 assist qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!