Arbeloa Arda Gyulerning jamoa uchun ahamiyatini aytib berdi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa yarimhimoyachi Arda Gyuler haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
20 yoshli turkiyalik futbolchi seshanba kuni Chempionlar ligasida «Benfika» ustidan 1:0 hisobidagi g‘alabaga hissa qo‘shdi. Gyuler uchrashuvda 86 daqiqa maydonda harakat qildi.
Arbeloa ta’kidlashicha, Gyulerning fazilatlari jamoaga katta foyda keltiryapti: u yarimhimoya bilan hujum chizig‘ini bog‘lab beradi. Mutaxassis Arda o‘ziga xos, takrorlanmas futbolchi ekanini aytib, uning o‘ziga ishonchini oshirish ustida ishlash muhimligini urg‘uladi. «Bunday o‘yinlar uning o‘sishiga xizmat qiladi. Men Gyulerdan faxrlanaman», — deya Arbeloa so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.
Joriy mavsumda Gyuler «Real» safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!