date

Ronaldu Yevropaning top klubiga qaytishi mumkin

Ronaldu Yevropaning top klubiga qaytishi mumkin

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» bilan kelishmovchiliklarni ortda qoldirdi va boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Shunga qaramay, yozda portugaliyalik yulduz klubini o'zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko'ra, agent Jorje Mendes Yevropaning bir qator top-klublari bilan bog'lanib, 41 yoshli hujumchini yozgi transfer oynasida tarkibga qo'shishni taklif qilmoqda.

Avvalroq matbuotda Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketganidan keyin kelishmovchiliklar sabab Mendes bilan hamkorlikni to'xtatgani haqida yozilgandi. Biroq Transfermarkt sahifalarida Krishtianu hanuz Mendes agentligi mijozlaridan biri sifatida ko'rsatilgan.

Ronaldu va «Al-Nasr» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Yevropaning top klubiga qaytishi mumkin