date

Kompani Bavariyaga kimni olib kelmoqchi ekanini aytdi

Kompani Bavariyaga kimni olib kelmoqchi ekanini aytdi

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Myunxen klubiga qaysi futbolchini olib kelishni istashi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis matbuot anjumanida uning asosiy vazifasi hozirgi tarkibdagi o'yinchilar bilan samarali ishlash ekanini ta'kidladi. Transfer masalalarida esa klubda boshqa mas'ullar borligini eslatdi.

"Mening vazifam — mavjud futbolchilarimiz eng yaxshilar ekanini aytish va ular bilan ishlash. Men Garri Keyn, Maykl Olise, Luis Dias, Jamal Musiala va boshqalar bilan birga ishlashni xohlayman. Yozda nima bo'lishini ko'ramiz", — dedi Kompani.

Vensan Kompani "Bavariya"ni 2024 yil yozida qabul qilib olgandi. Uning qo'l ostida myunxenliklar Bundesligani hamda Germaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Bavariyaga kimni olib kelmoqchi ekanini aytdi