Kompani Bavariyaga kimni olib kelmoqchi ekanini aytdi

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani matbuot anjumanida jamoaga qaysi futbolchini olib kelishni xohlashi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kompaniyaga ko'ra, uning asosiy vazifasi hozirgi tarkibdagi futbolchilar bilan samarali ishlashdan iborat. Mutaxassis transfer masalalarida klubdagi boshqa xodimlar shug'ullanishini ta'kidlab, o'zi esa mavjud ijrochilarni eng yaxshilar deb bilishini va Garri Keyn, Maykl Olise, Luis Dias, Jamol Musiala hamda boshqa futbolchilar bilan ishlashni istashini aytdi. Murabbiy yozda vaziyat qanday kechishini vaqt ko'rsatishini qo'shimcha qildi.
Vensan Kompani «Bavariya»ni 2024 yil yozida qabul qilib olgandi. Uning qo'l ostida myunxenliklar Bundesligani va Germaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!