Arsenal ikki gol ustunligiga qaramay safarda g'alaba qila olmadi

Londonning «Arsenal» jamoasi APLning safardagi uchrashuvida «Vulverhempton» darvozasiga ikki bor javobsiz gol urib, o'yinni nazorat qilayotgandek ko'rindi. Biroq mezbonlar hisobni tenglashtirdi va natijada «kanonirlar» muhim ochkolarni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Statistika ham e'tiborga molik: «Arsenal» deyarli uch yildan beri ilk bor APLda safarda ikki to'p farqi bilan oldinda borib, baribir g'alaba qozona olmadi. Bunday holat oxirgi marta 2023 yil aprelida «Vest Hem Yunayted»ga qarshi bahsda qayd etilgandi — o'sha o'yin ham 2:2 hisobida yakunlangan.
Shunga qaramay, «Arsenal» APL turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab turibdi. Ammo yo'qotilgan ochkolar bo'yicha «Manchester Siti» bilan oradagi ustunlik endi atigi ikki ochkogacha qisqardi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!