Vensan Kompani yoshligidagi kumirini oshkor qildi

Myunxenning «Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani yoshligida kimdan ilhom olganini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, o'smirlik paytida «Milan»ning sobiq himoyachisi va Fransiya terma jamoasi vakili Marsel Desayi unga haqiqiy namuna bo'lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
— U juda kuchli himoyachi edi, Fransiya bilan jahon chempionligini qo'lga kiritgan va meni juda ruhlantirgan, — deya Kompani so'zlarini A Bola keltiradi.
Shuningdek, belgiyalik mutaxassis faoliyati davomida qarshi o'ynash eng og'ir bo'lgan futbolchi kimligini ham aytib o'tdi. Kompani bu borada Lionel Messi yoki Krishtianu Ronalduni emas, Ronaldinyoni tilga oldi.
Bundesliganing 22-turidan so'ng Kompani boshqaruvidagi «Bavariya» 57 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Myunxenliklar Chempionlar ligasida ham guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, bevosita 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!