date

Anchelotti Braziliya bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi

Anchelotti Braziliya bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan amaldagi kelishuvni katta ehtimol bilan uzaytirishini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Italiyalik mutaxassis hozirgi ish joyidan mamnunligini yashirmadi va yangi muhit unga yoqayotganini ta’kidladi.

«O‘ylaymanki, Braziliya bilan shartnomani to‘rt yilga uzaytiraman. Bu men uchun yangi ish, va u menga juda yoqmoqda», — deya Anchelottining so‘zlarini Movistar keltirdi.

Anchelotti 2025 yil may oyida Madridning «Real» klubini tark etganidan so‘ng Braziliya terma jamoasini qabul qilib olgandi. Uning qo‘l ostida braziliyaliklar 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Jahon chempionatida Braziliya Shotlandiya, Gaiti va Marokashga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Braziliya bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi