Vensan Kompani yoshlikdagi kumirini aytib berdi

Myunxenning «Bavariya» klubiga bosh murabbiylik qilayotgan Vensan Kompani yoshlik chog'ida o'ziga eng katta ilhom bergan futbolchi kim bo'lganini ochiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Belgiya mutaxassisi o'smirligida «Milan» va Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Marsel Desayi uning kumiri bo'lganini ta'kidladi. «U juda kuchli himoyachi edi, Fransiya bilan jahon chempionligini qo'lga kiritgan va meni juda ruhlantirgan», — deya Kompanining so'zlarini A Bola keltirdi.
Shuningdek, Kompani maydonda eng qiyin raqib kim bo'lganiga to'xtalar ekan, Lionel Messi yoki Krishtianu Ronalduni emas, balki Ronaldinyoni tilga oldi.
Bundesliganing 22-turidan keyin Kompani boshqaruvidagi «Bavariya» 57 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.
Bundan tashqari, myunxenliklar Chempionlar ligasida ham to'g'ridan-to'g'ri 1/8 final bosqichiga yo'l oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!