date

Anchelotti Braziliya bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi

Anchelotti Braziliya bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan amaldagi kelishuvni davom ettirish ehtimoli juda yuqori ekanini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Italiyalik mutaxassis terma jamoa bilan ishlash jarayoni unga manzur kelayotganini, hozirgi ish joyidan mamnunligini ta'kidladi.

«O'ylaymanki, Braziliya bilan shartnomani to'rt yilga uzaytiraman. Bu men uchun yangi ish va u menga juda yoqmoqda», — deya Anchelottining so'zlarini Movistar keltirdi.

Anchelotti 2025 yil may oyida Madridning «Real» klubidan ketganidan so'ng Braziliya terma jamoasini boshqara boshlagandi. Uning qo'l ostida braziliyaliklar 2026 yilgi jahon chempionati saralashidan muvaffaqiyatli o'tdi.

Mundial guruh bosqichida Braziliya Shotlandiya, Gaiti va Marokashga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Braziliya bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi