Kompani yoshlikdagi kumiri sifatida Marsel Desayiyni tilga oldi

Myunxenning «Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani yoshlik yillarida o‘ziga eng katta ilhom bergan futbolchi kim bo‘lganini aytdi. Belgiyalik mutaxassisning tanlovi «Milan» va Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Marsel Desayi bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kompani Desayiyni kuchli va xarakterli himoyachi sifatida ta’riflab, u Fransiya bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgani hamda o‘zini juda ruhlantirganini ta’kidladi. Murabbiyning so‘zlarini A Bola nashri keltirdi.
Shuningdek, Kompani maydonda unga eng og‘ir raqib bo‘lgan futbolchi haqida ham gapirdi. U bu borada Lionel Messi yoki Krishtianu Ronaldu emas, aynan Ronaldinyoni ajratib ko‘rsatdi.
Bundesligada 22-turdan keyin «Bavariya» Kompani boshchiligida 57 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Myunxenliklar Chempionlar ligasida ham guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!