Anchelotti Braziliya bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan tuzilgan shartnomasini katta ehtimol bilan uzaytirishini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Italiyalik mutaxassis hozirgi ish joyi unga juda yoqayotganini ham yashirmadi.
«O'ylaymanki, Braziliya bilan shartnomani to'rt yilga uzaytiraman. Bu men uchun yangi ish va u menga juda yoqadi», — deya Anchelottining so'zlarini Movistar keltirdi.
Anchelotti 2025 yil may oyida Madridning «Real» klubidan ketganidan so'ng Braziliya termasini qabul qilib olgandi. Uning qo'l ostida braziliyaliklar 2026 yilgi jahon chempionati saralashidan muvaffaqiyatli o'tdi.
Mundialda Braziliya Shotlandiya, Gaiti va Marokashga qarshi o'ynaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing