date

Anchelotti Braziliya bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

Anchelotti Braziliya bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan amaldagi bitimini katta ehtimol bilan uzaytirishini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Italiyalik mutaxassis hozirgi ish joyi unga juda yoqayotganini ham yashirmadi.

«O‘ylaymanki, Braziliya bilan shartnomani to‘rt yilga uzaytiraman. Bu men uchun yangi ish va u menga juda yoqdi», — dedi Anchelotti Movistar nashriga.

Anchelotti 2025 yil may oyida Madridning «Real» klubidan ketganidan so‘ng Braziliya termasini qabul qilib olgandi. Uning qo‘l ostida jamoa 2026 yilgi jahon chempionati saralashini muvaffaqiyatli yakunladi.

Mundial guruh bosqichida Braziliya Shotlandiya, Gaiti va Marokko bilan to‘qnash keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Braziliya bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin