Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan amaldagi kelishuvini katta ehtimol bilan uzaytirishini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Italiyalik mutaxassis hozirgi ish joyi unga juda ma'qul ekanini yashirmadi.
«O'ylaymanki, Braziliya bilan shartnomani to'rt yilga uzaytiraman. Bu men uchun yangi ish, va u menga juda yoqmoqda», — deya Anchelottining so'zlarini Movistar keltirdi.
Anchelotti 2025 yil may oyida Madridning «Real» klubidan ketganidan so'ng Braziliya terma jamoasini qabul qilib olgandi. Uning boshqaruvida braziliyaliklar 2026 yilgi jahon chempionati saralashidan muvaffaqiyatli o'tdi.
Mundial guruh bosqichida Braziliya Shotlandiya, Gaiti va Marokko bilan kuch sinashadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!