date

Anchelotti Braziliya bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Anchelotti Braziliya bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan hamkorlikni davom ettirish ehtimoli yuqori ekanini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Italiyalik mutaxassis hozirgi ish joyi unga juda yoqayotganini aytib, yaqin orada kelishuvni uzaytirishi mumkinligini ta'kidladi.

“O‘ylaymanki, Braziliya bilan shartnomani yana to‘rt yilga uzaytiraman. Bu men uchun yangi ish va u menga juda yoqmoqda”, — deya Anchelottining so‘zlarini Movistar keltirdi.

Anchelotti 2025 yil may oyida Madridning “Real” klubidan ketganidan so‘ng Braziliya terma jamoasini qabul qilib olgandi. Uning qo‘l ostida braziliyaliklar 2026 yilgi Jahon chempionati saralashidan muvaffaqiyatli o‘tishdi.

Mundial guruh bosqichida Braziliya Shotlandiya, Gaiti va Marokashga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Braziliya bilan shartnomani uzaytirishga yaqin