Kompani Vinisius atrofidagi irqchilik mojarosiga munosabat bildirdi

Vinisius Junior maydondagi bahsli vaziyatdan so‘ng «Benfika» futbolchisi Janluka Prestianni o‘ziga nisbatan irqchilik qilganlikda aybladi. Mazkur mojaro haqida «Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani ham fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kompani matbuot anjumanida Vinisiusning reaksiyasi samimiy bo‘lganini ta’kidladi: uningcha, bunday hissiyotlarni soxtalashtirib bo‘lmaydi va futbolchining shunchaki hakam yoniga borib, vaziyatni ko‘tarishidan foyda yo‘q. Mutaxassis, Mbappe odatda diplomatik bo‘lsa-da, bu safar ko‘rgan va eshitganlari borasida ochiq gapirganini aytdi. Shuningdek, Kompani «Benfika» futbolchisi gaplarini futbolkasi bilan berkitishga uringanini, stadionda esa ayrim muxlislar maymunni eslatuvchi ishoralar qilgani videolarda aks etganini qayd etdi.
«Bavariya» navbatdagi uchrashuvini 21 fevral kuni «Ayntraxt»ga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!