date

Kompani Viniusius atrofidagi irqchilik mojarosiga izoh berdi

Kompani Viniusius atrofidagi irqchilik mojarosiga izoh berdi

“Real” vingeri Viniusius Junior “Benfika” futbolchisi Janluka Prestianini maydonda irqchilikda aybladi. Ushbu mojaro yuzasidan “Bavariya” bosh murabbiyi Vensan Kompani ham o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kompani matbuot anjumanida vaziyatni baholar ekan, Viniusiusning reaksiyasi haqiqiy hissiyot bo‘lganini ta’kidladi: uningcha, bunday emotsiyani soxtalashtirib bo‘lmaydi va futbolchi bekorga hakam oldiga bormagan. Murabbiy, shuningdek, odatda diplomatik bo‘ladigan Mbappe ham ko‘rgan-va eshitganlari haqida ochiq gapirganini aytdi. Kompani so‘zlariga ko‘ra, “Benfika” o‘yinchisi aytgan gaplarini futbolkasi bilan bekitishga uringan, stadionda esa ayrim muxlislar maymunni eslatuvchi ishoralar qilgani videoga ham tushib qolgan.

“Bavariya” navbatdagi uchrashuvini 21 fevral kuni “Ayntraxt”ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Viniusius atrofidagi irqchilik mojarosiga izoh berdi