Karrager Budyo-Glimtni ko'proq hurmat qilishga chaqirdi

“Liverpul”ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Milan “Inter”iga qarshi o'yindan keyin Norvegiya klubi “Budyo-Glimt” haqida iliq fikr bildirdi. Chempionlar ligasi pley-offidagi ilk bahsda norvegiyaliklar A Seriya vakilini 3:1 hisobida mag'lub etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Karragerning aytishicha, “Budyo-Glimt” nomli jamoa “Inter”ni yenggani avvaliga juda kutilmagan holatdek ko'rinadi. Biroq o'yinni diqqat bilan ko'rgan odam “Glimt”ning gollar urish uslubi va futbolchilar ko'rsatayotgan sifat yuqori ekanini payqaydi. U TV2ga bergan izohida bu jamoani Chempionlar ligasi darajasidagi raqib sifatida jiddiyroq qabul qilish kerakligini ta'kidladi.
“Inter” va “Budyo-Glimt” o'rtasidagi javob uchrashuvi 24 fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing