date

Prestianni UEFAga Vinisiusga qanday so'z aytganini tushuntirdi

Prestianni UEFAga Vinisiusga qanday so'z aytganini tushuntirdi

UEFA Chempionlar ligasida “Benfika” va “Real” o‘rtasidagi uchrashuvda yuzaga kelgan mojaroni o‘rganmoqda. Vinisius Juniorda raqib futbolchi Janluka Prestiannini irqchilik mazmunidagi haqorat ishlatganlikda aybladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

ESPN xabariga ko‘ra, Prestianni UEFAga ko‘rsatma bergan. “Benfika” futbolchisi ispan tilida irqchilik haqorati sifatida talqin qilinadigan “mono” so‘zini aytganini rad etdi. Argentinalik futbolchi uning o‘rniga “m” harfi bilan boshlanuvchi, talaffuzi o‘xshash boshqa haqoratli so‘zni ishlatganini aytgan — u irqchilikka aloqador bo‘lmagan, netraditsion jinsiy orientatsiyadagi erkakka nisbatan aytiladigan so‘z ekanini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, hodisa paytida Prestianni og‘zini futbolkasi bilan to‘sib olgan, shu sababli labdan o‘qish bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilish amalda foyda bermaydi.

Uchrashuvda “Real” safarda “Benfika”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Prestianni UEFAga Vinisiusga qanday so'z aytganini tushuntirdi