Endrik rafiqasining maslahati bilan "Lion"ga o'tishga qaror qildi

1 daqiqa o'qish2.2K
Endrik rafiqasining maslahati bilan "Lion"ga o'tishga qaror qildi

"Real Madrid" hujumchisi Endrikning otasi Duglas Sousa o'g'lining Ispaniya klubidagi faoliyati haqida keskin fikr bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, Madrid klubi rahbariyati 19 yoshli braziliyalik iqtidor egasini o'zi uchun eng qadrli bo'lgan narsa — futbol o'ynash imkoniyatidan mahrum qilgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Endrik Madridda Xabi Alonso qo'l ostida yetarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmagach, qishki transfer oynasida Fransiyaning "Lion" klubiga ijaraga berilgan edi. Duglas Sousa o'g'lining Ispaniyadagi holatini «uning o'yin maydonchasini olib qo'yishdi» deya ta'rifladi.

Endrik rafiqasining maslahati bilan "Lion"ga o'tishga qaror qildi

Shuningdek, futbolchining otasi ushbu transferda Endrikning rafiqasi Gabrieli Mirandaning o'rni katta bo'lganini oshkor qildi. Aynan rafiqasining maslahati va muzokaralardagi ishtiroki braziliyalik yulduzning Fransiya chempionatini tanlashiga sabab bo'lgan.

Fransiyada Endrik o'zining eng yaxshi formasiga qaytdi va 18 ta uchrashuvda 7 ta gol hamda 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ayniqsa, "PSJ"ga qarshi bahsdagi samarali harakatlari mutaxassislar e'tiborini tortdi.

Endrik rafiqasining maslahati bilan "Lion"ga o'tishga qaror qildi

Duglas Sousaning ta'kidlashicha, o'g'li hozirda baxtli va 2026-yilgi jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi safida maydonga tushishni maqsad qilgan. Uning fikricha, Endrikning hozirgi o'yini Karlo Anchelotti uchun ham jiddiy signal bo'lishi lozim.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?