Toshkentdagi konkur musobaqasida yurtdoshlarimiz yana ikki oltin yutdi

Toshkentda o‘tayotgan konkur bo‘yicha xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yana ikkita oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Xususan, Xurshidbek Alimjonov Jahon kubogi saralash bosqichida, Anna Sigidina esa Osiyo kubogi doirasidagi bahslarda barcha raqiblarini ortda qoldirib, eng yuqori natijalarni qayd etishdi. Kuchli xalqaro raqobat ostida kechayotgan ushbu turnirda o‘zbekistonlik chavandozlar o‘zlarining yuqori sport formasida ekanliklarini yana bir bor isbotladilar.
Toshkent shahrida oʻtayotgan konkur yoʻnalishidagi xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston terma jamoasi yana bir bor muxlislarni quvontirdi. Yurtimiz sportchilari bu safar ham yuqori natijalar qayd etib, yana 2 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Jahon kubogi saralash bosqichi doirasida Xurshidbek Alimjonov oʻzining “Champions League” laqabli oti bilan 145 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida barcha raqiblarini ortda qoldirdi va eng yuqori natijani qayd etdi.
Shuningdek, Anna Sigidina ham muxlislar ishonchini oqladi. U “Elis G” laqabli oti bilan Osiyo kubogi bosqichida 115 smlik bahslarda mahoratli chiqish qilib, oltin medalga sazovor boʻldi.
Qayd etish joiz, ushbu musobaqalarda dunyoning turli davlatlaridan kelgan kuchli sportchilar ishtirok etmoqda. Shunday raqobat sharoitida yurtimiz vakillarining gʻalabalari alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Qisqacha aytganda, oʻzbekistonlik chavandozlar formasining eng yuqori nuqtasiga chiqib olgan. Agar shu temp saqlansa, oldinda yana koʻplab gʻalabalar kutilayapti.































Izohlar 0
…