Tramp ishtirokidagi tadbirda otishma uyushtirgan gumonlanuvchi shaxs qoʻlga olindi

Tramp ishtirokidagi tadbirda otishma uyushtirgan gumonlanuvchi shaxs qoʻlga olindi
Qisqacha

AQSHning sobiq prezidenti ishtirok etgan tadbirda o‘q uzgan 31 yoshli Kouell Allen huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olindi. Gumonlanuvchi Oq uy ma’muriyati a’zolariga hujum qilishni rejalashtirganini tan olgan bo‘lsa-da, uning bevosita prezidentga suiqasd qilish niyati borligi hali to‘liq tasdiqlanmagan. Vashingtondagi mehmonxonada sodir bo‘lgan ushbu hodisada Allen yolg‘iz harakat qilgan hamda uning yonidan to‘pponcha va bir nechta pichoq topilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

AQSH prezidenti ishtirok etgan tadbirda sodir boʻlgan otishma holatidan soʻng gumonlanuvchi shaxs qoʻlga olindi.

CBS News maʼlumotiga koʻra, 31 yoshli Kouel Allen tergov davomida Oq uy maʼmuriyati aʼzolariga qarshi hujum uyushtirishni rejalashtirganini tan olgan.

Biroq u prezidentga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻq uzish niyati boʻlgan-boʻlmagani haqida aniq maʼlumot berilmagan.

Maʼlum qilinishicha, u Vashingtondagi Washington Hilton mehmonxonasida oʻtkazilgan tadbir ishtirokchisi sifatida kirgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar maʼlumotiga koʻra, gumonlanuvchi qoʻlida toʻpponcha va bir nechta pichoq boʻlgan.

U yakka tarzda harakat qilgan va tadbir oʻtkazilayotgan zal kirishida bir necha marta oʻq uzgani qayd etilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar