Avstraliyada Rottnest orolida kvokkalarga restoranga kirish taqiqlandi

Avstraliyaning Rottnest orolidagi restoranlardan birida kvokkalarning ichkariga kirishi rasman taqiqlandi. Sayyohlar tomonidan ovqatlantirilishiga o‘rganib qolgan bu jonivorlar tez-tez muassasa ichiga kirib, tartibsizlik keltirib chiqarmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, insonlar iste’mol qiladigan mahsulotlar kvokkalar salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Shu sababli, hayvonlarni asrash maqsadida sayyohlar uchun bir necha tilda ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatildi.
Avstraliyaning Rottnest orolida joylashgan restoranlardan birida kvokkalarning kirishi rasman taqiqlandi.
Maʼlum qilinishicha, maʼmuriyat tomonidan sayyohlar uchun bir nechta tilda ogohlantiruvchi yozuvlar oʻrnatilgan boʻlsa-da, bu qoidalarga ham mehmonlar, ham hayvonlar tomonidan toʻliq amal qilinmayapti.
Kvokkalar oʻzining yoqimtoy koʻrinishi tufayli odamlardan ovqat soʻrashga oʻrganib qolgan va tez-tez restoran ichiga kirib bormoqda.
Bu holat nafaqat tartibsizlik keltirib chiqarayotgani, balki hayvonlar salomatligi uchun ham xavf tugʻdirayotgani taʼkidlanmoqda.
Mutaxassislar insonlar isteʼmol qiladigan oziq-ovqatlar kvokkalar uchun zararli ekanini, ularning organizmiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatishini qayd etmoqda.






























Izohlar 0
…