Qashqadaryo media haftaligi yakunlandi, yangi bosqich boshlanmoqda

Qashqadaryo viloyatida media haftaligi yakunlanib, unda jurnalistlar va soha vakillari uchun mahorat darslari hamda amaliy treninglar tashkil etildi. Mashg'ulotlar davomida axborot tayyorlashda kreativ yondashuv, tahlil va tezkorlikni boshqarish kabi muhim ko'nikmalar shakllantirildi. Ushbu loyiha voha axborot muhitini yangi bosqichga olib chiqish bilan birga, endi o'z ishini Samarqand viloyatida davom ettiradi. Navbatdagi media haftaligi 27-apreldan 1-mayga qadar Samarqandda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Qashqadaryo viloyati media haftalik loyihasining navbatdagi muhim manziliga aylandi. Bu yerda oʻtkazilgan mashgʻulotlar va amaliy darslar haftalikning oʻziga xos kulminatsiyasiga aylanib, ishtirokchilar uchun yangi qarashlar eshigini ochdi.
Treninglar davomida gʻoya, rejalashtirish, tahlil va yakuniy xulosalar bir butun tizim sifatida ishladi. Natijada axborot tayyorlash jarayoni sezilarli darajada oʻzgardi — xabarlar tuzilishida yangilik, videokadrlarda kreativ yondashuv, umumiy ish uslubida esa tub burilish kuzatildi.
Vohadagi jurnalistlar va mediaga qiziquvchilar axborot tezligini toʻgʻri boshqarish orqali ishonchni qanday shakllantirish mumkinligini chuqurroq anglab yetdi. Endi maqsad faqat maʼlumot yetkazish emas, balki uning taʼsir doirasini kengaytirish ekani yanada ravshan boʻldi.
Qashqadaryodagi ushbu media haftalik voha axborot muhitiga yangi nafas olib kirdi. Eng muhimi, bu jarayonlar bir marta bilan cheklanib qolmaydi — ular izchil davom etadi.
Endilikda estafeta Samarqandga oʻtadi. 27 apreldan 1 maygacha boʻlib oʻtadigan navbatdagi media haftalik yana bir hududda yangilanish va rivojlanish jarayonlariga turtki berishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…