Zinedin Zidan Fransiya termasiga bosh murabbiy bo‘ladi

Zinedin Zidan Fransiya milliy jamoasida Didye Deshamning o‘rnini egallashga yaqin. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 53 yoshli mutaxassis Fransiya futbol federatsiyasi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Madridning “Real” klubini boshqargan Zidan bo‘lajak jahon chempionati yakunidan so‘ng “uch ranglilar”ni qabul qilib oladi. Shu tariqa u murabbiylik faoliyatiga besh yillik tanaffusdan keyin qaytadi.
Desham esa Fransiya terma jamoasini 2012 yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda. 2026 yilgi mundial guruh bosqichida fransuzlarning raqiblari Senegal va Norvegiya bo‘ladi, uchinchi jamoa esa pley-off o‘yinlaridan keyin aniqlanadi.
Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing