Arbeloa Mbappe sog'ligini xavf ostiga qo'ymayapmiz deydi

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa hujumchi Kilian Mbappening jismoniy holati bo'yicha fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fransuz futbolchi La Ligada shanba kuni "Osasuna"ga qarshi o'yinda to'liq 90 daqiqa harakat qildi, biroq "qirollik klubi" mag'lubiyatdan qutula olmadi (1:2).
"Kilian o'tgan hafta ("Real Sosyedad" bilan o'yinda) dam oldi. Biz u tayyor emas, deb hisoblagan paytimizda uning sog'ligini xavf ostiga qo'ymaymiz. Bunday qarorlar barcha tomonlar ishtirokida qabul qilinadi", — deya Arbeloa so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Chorshanba kuni "Real" Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob uchrashuvida o'z maydonida "Benfika"ni qabul qiladi. Birinchi o'yinda madridliklar minimal hisobda g'alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!