date

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarishga yaqin

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarishga yaqin

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasida Dide Deshamning o‘rnini egallashi kutilmoqda. 53 yoshli mutaxassis Fransiya futbol federatsiyasi bilan og‘zaki kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Madridning «Real» klubini boshqargan sobiq murabbiy navbatdagi jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng «uchranglilar»ni qabul qilib oladi. Shu tariqa Zidan besh yillik tanaffusdan keyin yana murabbiylik faoliyatiga qaytadi.

Dide Desham Fransiya terma jamoasini 2012 yil yozidan beri boshqarib kelmoqda. 2026 yilgi jahon chempionatida fransuzlar guruh bosqichida Senegal va Norvegiya bilan to‘qnash keladi, uchinchi raqib esa saralashdagi pley-off natijalariga ko‘ra aniqlanadi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarishga yaqin