date

Ronaldu yirik g'alabadan so'ng fikrlarini bildirdi

Ronaldu yirik g'alabadan so'ng fikrlarini bildirdi

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Al-Hazm”ga qarshi 4:0 hisobidagi yirik g'alabadan keyin o'yin haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik yulduz uchrashuvda ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi va jamoasining Saudiya Arabistoni chempionatida yana turnir jadvalining birinchi pog'onasiga qaytishiga katta hissa qo'shdi.

“Hammasi yana o'z holiga qaytdi. Biz qaytdik, to'g'ri yo'ldamiz va o'zimizga ishonchimiz yuqori, hammasi joyida. Maqsad sari bosqichma-bosqich yuryapmiz. Hozir yaxshi formadamiz. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz”, — deya Ronaldu so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

22 turdan so'ng “Al-Nasr” 55 ochko bilan Saudiya ligasida peshqadam bo'lib turibdi va “Al-Hilol”ni bir ochkoga ortda qoldirmoqda. 25 fevral kuni Jorje Jezush jamoasi safarda “Al-Najma”ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu yirik g'alabadan so'ng fikrlarini bildirdi