date

Jahon chempioni Mario Gyotse Ronaldu jamoasiga o'tishga tayyor

Jahon chempioni Mario Gyotse Ronaldu jamoasiga o'tishga tayyor

Frankfurtning “Ayntraxt” klubida to'p surayotgan hujumkor yarim himoyachi Mario Gyotse Germaniya chempionatini tark etib, Saudiya Arabistoniga yo'l olish ehtimolini istisno qilmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchi jurnalistlar bilan suhbatda “Agar taklif tushsa, “An-Nasr”ga o'tardim. U yerda Krishtianu Ronaldu ham o'ynaydi. Biroq gap faqat bitta klubda emas — bu liga qanday rivojlanayotgani ham muhim”, deya fikr bildirdi. Gyotsening so'zlarini Tribal Football keltirmoqda.

Gyotsening “Ayntraxt” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.

Joriy mavsumda yarim himoyachi “Ayntraxt” safida 25 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jahon chempioni Mario Gyotse Ronaldu jamoasiga o'tishga tayyor