Kererdan ogohlantirish Monako PSJga qarshi maksimumda o'ynaydi

Monako himoyachisi Tilo Kerer Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichida PSJga qarshi javob uchrashuvi oldidan jamoa kayfiyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kererning ta'kidlashicha, Monako fransuz futbolidagi eng kuchli jamoaga qarshi imkon qadar eng yuqori darajada o'ynashi, hatto o'zidan ham oshib tushishi kerak. U jamoa oxirigacha kurashishini aytdi.
Futbolchi misol sifatida Lansk bilan o'yinni keltirdi: tanaffusdan keyin Monako ancha kuchli harakat qilgan, uchrashuv oqimini o'zgartirib, uch ochkoni qo'lga kiritgan.
PSJ va Monako o'rtasidagi javob bahsi 25 fevral kuni Parijdagi stadionda bo'lib o'tadi. Dastlabki uchrashuvda monakoliklar 2:3 hisobida mag'lub bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing