date

Kompani Keyn roli haqida hazil bilan gapirdi

Kompani Keyn roli haqida hazil bilan gapirdi

Myunxenning “Bavariya” jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani hujumchi Garri Keynning maydondagi vazifalari o‘zgarayotgani haqida fikr bildirdi. Angliyalik futbolchi so‘nggi paytlarda tez-tez yarim himoyaga qaytib, jamoadoshlariga pas va kombinatsiyalarda ko‘proq yordam bermoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kompani ta’kidlashicha, bu yondashuv futbolchilarning kuchli jihatlariga tayanishdan kelib chiqadi: “Men har doim qo‘limdagi o‘yinchilarning sifatlarini inobatga olaman. Garri juda aqlli. Himoyada ham o‘z vazifasi bor, ammo to‘p bizda bo‘lganda bu 50 foiz murabbiylik ishi, yana 50 foiz esa futbolchiga ishonch — u to‘g‘ri qaror qabul qilishiga ishonish”, — dedi u.

Mutaxassis Keyn bilan avval ham raqib sifatida to‘qnash kelganini eslab, qiziq fikr qo‘shdi: “Men himoyachi bo‘lganman va Garriга qarshi ko‘p o‘ynaganman. O‘shanda uning bu qirralarini ko‘rmaganman, chunki u doim eng old chiziqda turardi. Rostini aytsam, o‘shanda uni qo‘riqlash unchalik qiyin emasdi. Faqat buni Garriга aytmang!” — deya hazillashdi Kompani Sky bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” shanba kuni “Ayntraxt”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Keyn roli haqida hazil bilan gapirdi