date

Anchelotti Ronaldu professionalligi va tiklanish muhimligini esladi

Anchelotti Ronaldu professionalligi va tiklanish muhimligini esladi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirib, uni o‘zi ishlagan futbolchilar orasidagi eng professional ijrochilardan biri sifatida tilga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Anchelottining aytishicha, Ronaldu bir safar unga: «Juda ko‘p suv o‘simlikni o‘ldiradi», degan. Murabbiy bu ibora futbolchining yondashuvini aniq ifodalashini ta’kidladi: futbol katta jismoniy talab qiladi, ammo tiklanish ham shunchalik muhim, chunki ko‘plab jarohatlar aynan ortiqcha yuklama sabab yuzaga keladi. Bu haqda Cadena SER xabar berdi.

41 yoshli Ronaldu hozir Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to‘p surmoqda. Portugaliyalik yulduzning amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. U faoliyati davomida besh bor «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Ronaldu professionalligi va tiklanish muhimligini esladi